Biz haqimizda

Avangard Group

«AVANGARD» savdo belgisi ostida «AJI CAPS» kompaniyasi o’z mijozlariga zamonaviy uskunalardan foydalangan holda ekologik toza materiallardan tayyorlangan yuqori sifatli, bardoshli va xavfsiz mahsulotlarni taklif etadi. Muvofiqlik sertifikatlarining mavjudligi bizning mahsulotlarimiz o’rnatilgan standartlar va O’zbekiston Respublikasi sifat va xavfsizlik standartlariga muvofiqligini tasdiqlaydi.

AJI CAPS MCHJ Twist – off va SKO metal qopqoqlarni ishlab chiqarish faoliyati bilan shugullanadi. Bizning kompaniyamiz yuqori sifatli natijalarni beradigan Yevropa standartidagi ilg’or va zamonaviy texnologiyalar asosida yaratilgan.

Sizga 43, 66 va 82 mm o’lchamdagi vintli qopqoqlarni taklif etamiz. Ochilganda o’ziga xos belgi chiqaradigan maxsus profil xavfsizlik tugmasi bilan bo’lgan qopqoq, bu mahsulotning xavfsizligini yana bir bor kafolatlaydi.

Siz har doim bizdan sotib olishingiz mumkin bo’lgan Twist off vintli qopqoq bugungi kunda shisha idishlarda konservalash uchun eng qulay yechimlardan biri hisoblanadi. Yaqinda ichki bozorda paydo bo’lgan ushbu qopqoq qulayligi, ishonchliligi va chidamliligi tufayli katta shuhrat qozondi.

AJI CAPS dan konservalash uchun mo’ljallangan burama Twist – off qopqoqlar – bu litografiya qilingan tunikalardan, ichki qoplami PVX asosidagi materialdan tayyorlangan yuqori darajada shtamplangan vintli mahkam moslamani o’zida aks ettiradi. Tunikalarni laklash va litografiya qilishda Evropaning yetakchi mamlakatlaridan yuqori sifatli materiallar qo’llaniladi. Qayta foydalanish mumkin bo’lgan burama qopqoqlarni ishlatish qulay va foydalanish oson. Ulardan foydalanishda siz mashinalar kuchini ishlatishingiz shart emas. Burama vintli Twist – off qopqoqlar turli xil mahsulotlarni saqlash va konservalash uchun juda mos.

Shuningdek, biz sizning e’tiboringizga qalinligi: 0,18 mm / 0,20 mm, uy sharoitida va sanoat ishlab chiqarishi uchun mo’ljallangan, standart shisha idishlarga to’g’ri keladigan SKO 1 -82 konserva qopqog’ini taqdim etamiz. Ushbu qoqoqlar sabzavot, meva, tomat pastasi, sharbatlar, kompotlar, konservalar, murabbo, go’sht va sabzavot konservalari va boshqalar uchun juda mos. Qopqoqlar maxsus oziq – ovqat maxsulotlariga xos laklar bilan qoplangan oziq – ovqat uchun ishlatiladigan tunikalardan foydalaniladi. Keng tanlov: bitta rangli yoki turli xil murakkablikdagi dizayn bilan. 50 donadan termousadkalik plyonka salofaniga qadoqlanadi.

Shuningdek, logotiplarni, firma nomlarini va sizning xohishingizga ko’ra har qanday dizaynni tushurish uchun buyurtmalarni qabul qilamiz.